Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

Talabalar IN VITRO laboratoriyasi bilan tanishdi

Yangiliklar

Talabalar IN VITRO laboratoriyasi bilan tanishdi

Talabalar IN VITRO laboratoriyasi bilan tanishdi

    SamDVMCHBU Biotexnologiya va ekologiya fakulteti Biotexnologiya yo‘nalishi talabalari universitet huzuridagi IN VITRO ilmiy-amaliy laboratoriyasiga tashrif buyurishdi.

   Tashrif davomida talabalar laboratoriya jihozlari, ilmiy-uslubiy yo‘nalishlari va amaliy tadqiqot jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan taqdimot va amaliy ko‘rsatmalar talabalar bilimini yanada boyitib, ilmiy izlanishlarga qiziqishini oshirdi.

    Tadbirning maqsadi — talabalarni zamonaviy ilmiy infratuzilma, amaliy usullar va laboratoriya imkoniyatlari bilan tanishtirish, kelgusida ilmiy tadqiqotlarga jalb etish va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashdan iborat edi.

    Tanishuv davomida talabalarga xavfsizlik va etik talablar haqida umumiy ma'lumot berildi. Bu tashrif talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirishda muhim qadam bo‘ldi.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita