‘‘KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH HAMMAMIZNING BURCHIMIZ’’ MAVZUSIDA BIOTEXNOLOGIYA VA EKOLOGIYA FAKULTETI 1-BOSQICH TALABALARI BILAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI



    SamDVMCHBU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan  ‘‘Korrupsiyaga qarshi kurashish hammamizning burchimiz’’ mavzusida Biotexnologiya va ekologiya fakulteti 1-bosqich talabalari bilan davra suhbati o‘tkazildi 

    Davra suhbatida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i F.Turayev talabalarga korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, uning jamiyat va davlat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, shuningdek, korrupsiyaning oldini olishda yoshlarning o‘rni va faolligi haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tdi.
    Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etishdi va mavzu yuzasidan zarur bilimlarga ega bo‘lishdi.