SamDVMCHBU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan ‘‘Korrupsiyaga qarshi kurashish hammamizning burchimiz’’ mavzusida Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti 1-bosqich talabalari bilan davra suhbati o‘tkazildi
Davra suhbatida talabalarga ta’lim jarayonida va jamiyat hayotidagi boshqa sohalarda korrupsion holatlarga guvoh bo‘lganda yoki ushbu holatlarga duch kelganda qanday yo‘l tutish kerakligi, “Korrupsiya” so‘zi lotincha “corruptio” so‘zidan olingan bo‘lib “buzish, sotib olish”, shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda fodalanishi haqida tushunchalar berildi.
Tadbir yakunida yig‘ilish qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollar yuzasidan to‘liq javob oldilar.