SAMDVMCHBUDA TEXNIKUM BITIRUVCHILARINI SUHBAT ASOSIDA O‘QISHGA QABUL QILISH JARAYONI BO'LIB O'TDI.



    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-son qarori bilan tasdiqlangan “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida” (https://lex.uz/uz/docs/-5818575)gi qaroriga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yilida SamDVMCHBUda texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish jarayoni bo'lib o'tdi.

    Suhbat jarayoni oldidan universitet rektori, professor X.Yunusov bitiruvchilarga suhbat jarayonlarining mazmun-mohiyati, ularning bilim va salohiyatini aniqlashdagi ahamiyati tushuntirib, har bir talabgor suhbat jarayonida shaxsan ishtirok etishi lozimligi ta’kidlandi.

    Shundan so‘ng texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida qabul qilish jarayoni bo‘lib o‘tdi.