Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

Janubiy Koreya kompaniyalari bilan yangi hamkorlik bosqichi.

Yangiliklar

Janubiy Koreya kompaniyalari bilan yangi hamkorlik bosqichi.

Janubiy Koreya kompaniyalari bilan yangi hamkorlik bosqichi.

    Avval xabar berganimizdek, universitetimiz vakillari – O. Achilov, T. Taylakov va H. Niyazov 2025-yil 28-iyuldan 2-avgustgacha bo‘lgan xizmat safari davomida Janubiy Koreya Respublikasidagi “Korea Bentonite” qo‘shma korxonasi va “EAGLE VET” kompaniyasiga tashrif buyurishgan edi.

    Bugun esa Koreyaning “Korea Bentonite” kompaniyasi rahbariyati – direktor Dr. Jey Rhee, Dong-Hyon Shin hamda “EAGLE VET” kompaniyasi menejeri Kang Chang Hwa universitetimiz ilmiy salohiyatiga bo‘lgan katta qiziqish sabab, oradan ko‘p vaqt o‘tmay universitetimizga rasmiy tashrif buyurdi.

    Mehmonlarni universitetimiz rektori, professor X. Yunusov qabul qildilar. Uchrashuv davomida xizmat safari chog‘ida erishilgan kelishuvlar batafsil muhokama qilinib, ularni amalga oshirish bo‘yicha aniq rejalar belgilandi.

    Uchrashuv yakunida quyidagi kelishuvlar tasdiqlandi:

    Ilmiy-tadqiqot hamkorligi – veterinariya preparatlari va ozuqa qo‘shimchalar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma ilmiy loyihalar amalga oshiriladi.

    Texnologiya almashinuvi – Koreya tajribasi va zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari professor-o‘qituvchilar hamda talabalarga taqdim etiladi.

    Mahsulot sinovlari – “KOREA BENTONITE” mahsulotlari universitet laboratoriyalarida sinovdan o‘tkaziladi.

    Kadrlar tayyorlash – talabalar va yosh olimlar uchun Koreya kompaniyalarida amaliyot va stajirovkalar tashkil etiladi.

   Universitet brendi ostida ishlab chiqarish – “EAGLE VET” kompaniyasi bilan hamkorlikda veterinariya dori preparatlarini universitetimiz brendi ostida ishlab chiqarishga kelishildi.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita