SAMDVMCHBUDA “DOLZARB 90 KUNLIK” LOYIHASI DOIRASIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR TASHKIL ETILIB, “BUNYODKOR YOSHLAR” TALABALAR QURILISH OTRYADI FAOLIYATIGA YUKSAK BAHO BERILDI



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yil 15-may kuni maktab taʼlimi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha bir qator vazifalar belgilanib, “Dolzarb 90 kunlik” eʼlon qilingan edi.

    Shu munosabat bilan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnollogiyalar universitetida zamonaviy yoʻnalishlarda toʻgaraklar tashkil etish, yoshlarda ijod va tahlil qobiliyatini yuksaltirish, ularning dunyoqarashini boyitish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

    Yangi o‘quv yili arafasida universitetda ta’mirlash va bunyodkorlik ishlari jadal sur’atlarda olib borildi. Mazkur ishlarning samaradorligini oshirish, talabalarda mehnatsevarlik, fidoyilik va jamoa ruhini shakllantirish maqsadida loyiha doirasida  “Bunyodkor yoshlar” talabalar qurilish otryadlari tashkil etilgan edi.

    Ushbu otryadga universitetda tahsil olayotgan ellik nafarga yaqin ko‘ngilli talabalar jalb qilinib, ular ta’mirlash, obodonlashtirish, binolarni yangilash kabi amaliy ishlarni bajarishda faol ishtirok etishdi. Bu esa nafaqat talabalarning amaliy ko‘nikmalarini oshirishga, balki jamiyatda ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlashga hamda moddiy manfaatdor bo‘lishlariga katta hissa qo‘shdi.

    Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlash joizki, talabalar bu tashabbusni ijobiy qarshi olib, o‘zlari o‘qiyotgan maskanni obod qilishga hissa qo‘shayotganlaridan faxrlandilar.

    Bugun universitetda bo‘lib o‘tgan tadbirda universitet rektori, X.Yunusov va boshqa mas’ullar “Bunyodkor yoshlar” qurilish otryadi tomonidan olib borilgan mazkur qurilish-ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirilib, qilingan ishlar yuqori saviyada amalga oshirilganini e’tirof etishdi.

    Shuningdek, tadbir davomida talabalar va hududdagi mahallalar yoshlari ishtirokida sportning stol tennisi, shaxmat va shashka, voleybol turi boʻyicha sport musobaqalarini oʻtkazilib, ularni maʼnaviy-maʼrifiy muhitga keng jalb etish maqsadida sanʼat koʻrgazmalari, adabiyot va sheʼriyat kechalari, “Zakovat” intellektual oʻyinlari tashkil etildi.