Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

KONGJU MILLIY UNIVERSITETI BILAN STRATEGIK HAMKORLIK.

Yangiliklar

KONGJU MILLIY UNIVERSITETI BILAN STRATEGIK HAMKORLIK.

KONGJU MILLIY UNIVERSITETI BILAN STRATEGIK HAMKORLIK.

    Universitetimiz Janubiy Koreyaning nufuzli oliy taʼlim muassasasi - Kongju milliy universiteti bilan strategik hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi.

    Universitetimiz vakillari ayni damda Janubiy Koreya Respublikasida xizmat safari bilan bo‘lib turibdi. Safar doirasida  Kongju milliy universiteti prezidenti, professor Kyeong-Ho Lim bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida tomonlar oliy taʼlim, ilmiy-tadqiqot va akademik almashinuv sohalaridagi o‘zaro hamkorlik imkoniyatlarini atroflicha muhokama qildilar.

    Kelishuvga asosan, quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:

   “Veterinariya meditsinasi" va "Biotexnologiya” ta'lim yo‘nalishlarida qo'shma taʼlim dasturi yo'lga qo'yiladi.

   Har ikki oliygoh o‘rtasida bakalavr, magistrant va doktorantlar uchun 1 semestrlik akademik mobillik almashinuv dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.

   Universitet professor-o‘qituvchilari uchun Kongju milliy universitetida qisqa muddatli stajirovkalar tashkil qilinadi. Ushbu stajirovkalar davomida xalqaro ilmiy loyihalar ustida ishlash, grant tanlovlarida qatnashish imkoniyati yaratiladi.

  Tashrif davomida universitet vakillari Kongju milliy universiteti huzuridagi “Smart farm” va "O'quv tajriba" faoliyati bilan tanishdilar. U yerdagi zamonaviy tadqiqotlar, laboratoriya va amaliyotlar bilan tanishilganidan so‘ng, tomonlar magistrantlar va doktorantlar malakasini oshirish hamda ilmiy izlanishlar olib borish uchun mazkur universitetga yuborilishi bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita