SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETIDA III-XALQARO TALABALAR “YOZGI MAKTABI” GA START BERILDI.




Ushbu “Yozgi maktab” da Turkiya, Rossiya, Koreya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarussiya va Latviya davlatlaridagi hamkor oliy ta'lim muassasalari talabalaridan iborat jami 200 dan ortiq iqtidorli talabalar bir joyga jamlanadi.

    Ushbu tadbirning asosiy maqsadi, mahalliy va xorijlik talabalar, yosh olimlar, biznes mutaxassislar hamda professor o‘qituvchilarning birlashuvi hamda ko‘nikmalar yaratishdan iborat.

   Ishtirokchilarga tadbir doirasida olimlar, ishbilarmonlar va soha mutaxassislari bilan mazmunli munozaralarda faol ishtirok etish imkonini beruvchi bir qator interaktiv sessiyalar, seminaralar va taqdimotlarni taklif etadi. Shuningdek, sohadagi zamonaviy bilim va texnologiyalar haqida mazmunli munozaralar va taqdimotlar o‘tkaziladi.

    Tadbirning ochilish marosimida universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i, v.f.d.DSc. dotsent Alisher Safarovlar so‘zga chiqib, mazkur xalqaro yozgi maktabni o‘tkazishning mazmun-mohiyati, maqsadi haqida gapirib, ishtirokchilarga omad tiladi.

    Shuningdek, tadbirda ishtirok etayotgan xorijiy oliygohlar professor-o‘qituvchilari taklif hamda munosib kutib olinganganligi uchun samimiy minnatdorchilik bildirishdi.

    Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, mazkur “Yozgi maktab” 2022-yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinmoqda.