Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

SamDVMCHBUda “Mikrobiologiya, immunologiya fanining yutuqlari va laboratoriya diagnostikasidagi ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

  • Asosiy
  • Yangiliklar
  • SamDVMCHBUda “Mikrobiologiya, immunologiya fanining yutuqlari va laboratoriya diagnostikasidagi ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Yangiliklar

SamDVMCHBUda “Mikrobiologiya, immunologiya fanining yutuqlari va laboratoriya diagnostikasidagi ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

SamDVMCHBUda “Mikrobiologiya, immunologiya fanining yutuqlari va laboratoriya diagnostikasidagi ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
SamDVMCHBUda “Mikrobiologiya, immunologiya fanining yutuqlari va laboratoriya diagnostikasidagi ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

    Konferensiyani universitet rektori, professor X. Yunusov kirish so‘zi bilan ochib berib, bugungi kunda chorvachilik sohasini jadal rivojlantirish, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirishda ushbu sohani xalqaro standartlar asosida rivojlantirish bugungi kunning dolzarb masalasi ekanligini ta’kidlab, konferensiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifati va xavfsizligini ta’minlash hayvonlarda uchraydigam yuqumli kasalliklarni aniqlash, oldini olish va qarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqishda xalqaro tajribalardan foydalanish asosida zamonaviy diagnostik tekshirish usullarini qo‘llash kabi bir qator muhim yo‘nalishlarni o‘rganish va muhokama qilishdan iborat ekanligini ta’kidlab, konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladi.

    Shuningdek, konferensiyada Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i A.Safarov, Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti Virusologiya laboratoriyasi mudiri Xait Salimov, Qozog‘iston milliy agrar tadqiqotlar universiteti professori Jumagul Kirkimbayeva, Turkiya Respublikasi Harran universiteti professori Sevil Yerdenlig‘ va boshqalar mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib, konferensiya hayvonlarda uchraydigan yuqumli kasalliklarga o‘z vaqtida tashxis qo‘yish muhimligi haqida tushunchani oshirish, fermer xo‘jaliklari xodimlari, rahbarlarining malakasini oshirish va aholi salomatligini ta’minlash maqsadida epizootologik barqarorlikni saqlash muhimligini yetkazishda muhim ahamamiyat kasb etishini aytib o‘tishdi.

    Konferensiya davomida ma’ruzachilar “Turli suv manbalarida suvlarni qiyosiy baholash”, “Chorvachilik sohasida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda mikrob biotexnologiyasini qo‘llash istiqbollari”, “Qo‘zilar kolibakteriozini davolashda antibiotik va pribiotik vositalarning samaradorligini taqqoslab o‘rganish natijalari”, “Qoramollar virusli diareya kasalligini ekspres diagnostikasi” kabi mavzularda ma’ruzalar qilishdi.

    Konferensiya “Veterinariya sohasida mikrobiologiya fani yutuqlari va zamoanviy diagnostika istiqbollari”, “Immunologiya fanining yutuqlari va veterinariya sohasidagi o‘rni” shoʻbalariga bo‘lingan holda o‘z ishini davom ettirdi.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita