Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Italiyaning Tusha universiteti (Tuscia University) o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasiga asosan Italiyaning Tusha universiteti (Tuscia University)da magistratura bosqichida Qishloq xo‘jaligi vazirligining maxsus stipendiya dasturi asosida oʻqishni xohlovchilar uchun grant tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov uch bosqichda bo‘lib:
- birinchi bosqichda talabgor mazkur havola orqali ariza to‘ldiradi *(talabgorlar Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari yoki bitiruvchi bosqich talaballari bo‘lishi zarur).
- ikkinchi bosqichda nizom talablariga javob bergan talabalar (ta'lim yo‘nalishiga qarab) bir ta’lim dasturi dekani tomonidan suhbat qilinadi va suhbat natijasiga ko‘ra universitetga qabul qilinadi.
- uchinchi bosqichda universitetga qabul qilingan nomzodlar vazirlik stipendiyasi uchun quyidagi hujjatlarni topshiradi:
a) amaldagi xorijga chiqish pasporti;
b) bakalavr diplomi *(agar talabgor so‘nggi bosqich talabasi bo‘lsa, bakalavr darajasini 2025-yil 31-iyulga qadar olishi to‘g‘risida ingliz tilida ma’lumotnoma);
d) Davlat imtihoni natijalari ko‘rsatilgan diplom ilovasi (yoki ma’lumotnoma – Reyting daftar tarjimasi) va baholash tizimi haqida ma’lumotnoma;
e) B2 darajadagi ingliz tili sertifikati (IELTS, CAE, TOEFL, Pitman, ESD, Pearson) yoki to‘liq ingliz tilida o‘qitiladigan bakalavr dasturida qatnashganligini tasdiqlovchi hujjat;
f) ingliz tilida yozilgan ma’lumotnoma (CV);
g) Qiziqishlari haqida (Motivatsiya xati) insho;
h) O‘qishga qabul qilinganlik xati (acceptance letter – ikkinchi bosqichdan muvafaqqiyatli o‘tgan nomzodlarga beriladi).
Qo‘shimcha savollar uchun h.suyarova@agro.uz email ga murojaat qilishingiz mumkin.
Arizalar 2025-yiling 16-iyunigacha qabul qilinadi.