Joriy yilning 2-iyun kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida Buxoro viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi rahbar va soha mas’ullari tomonidan Buxorolik bitiruvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvni universitet rektori professor X.B.Yunusov ochib berdi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-61-son qarori ijrosini ta’minlash, universitetda bugungi kunada respublikamizning barcha viloyatlari jumladan Buxoro vilayatidan kelib tah’sil olayotgan talabalar ham ko‘pchilikni tashkil etishi, ushbu talabalarning 75 nafari kunduzgi hamda sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha aynan 2024-2025 o‘quv yilida oliygohni tamomlashlari va ularni ishga joylashtirish masalasi bugunning kechiktirib bo‘lmas masalalaridan biri ekanligi to‘g‘risida fikrlarni bildirib o‘tildi.
Uchrashuv davomida Buxoro viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Raxmatov Nosir Abdullayevich so‘zga chiqib bugungi kunda Buxoro viloyatida chorvachilik sohasining rivojlanishi va kelgusidagi istiqbol rejalari bilan yaqindan tanishtirdi. Tadbir davomida ushbu soha rivoji yo‘lida uzoq yillar turli rahbar lavozimlarida faoliyat yuritgan bir guruh soha olimlari fikrlari ham bildirib o‘tildi.
Shuningdek ushbu tadbirda Buxoro agroklaster MCHJ chorvachilik bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i Amanboyeva Nargiza Maxmudaliyevna tomonidan Buxoro viloyatidagi yirik chorvachilikka ixtisoslashgan MCHJ to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi hamda bitiruvchilarni ishga joylashishiga soha yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi.
Ushbu uchrashuvda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.A.Elmurodov, registrator ofisi boshlig‘i O.S.Boymatov, fakultet dekanlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Tadbir yakunida mas’ul rahbarlar tomonidan universitetda o‘zlari tahsil olgan davrlarda ustozlik qilgan bir guruh universitet professor-o‘qituvchilariga hamda ishlab chiqarish amaliyotlarida faol ishtirok etgan bitiruvchi talabalarga estalik sovg‘alari topshirildi.