Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

Xalqaro hamkorlik WOAH GS92

Yangiliklar

Xalqaro hamkorlik WOAH GS92

Xalqaro hamkorlik  WOAH  GS92

     Jahon hayvonlar sogʻligi tashkiloti  (JHST) Assambleyasining 92-Bosh sessiyasi doirasida qoʻmita raisi Bahrom Norqobilov boshchiligidagi delegatsiya Saudiya Arabistoni Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Chorva resurslari tashkiloti rahbari Sanad Ol Harbi bilan ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazdi.

     Muzokaralar davomida ikki va koʻp tomonlama hamkorlikni kengaytirish, hayvonlar sogʻligʻini muhofaza qilish, chorvachilik mahsulotlarini Uzbekistondan eksportini yanadan kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

    Jumladan, Parranda goʻshti, inkubatsion tuxum va isteʼmol tuxumlarini Saudiya Arabistoniga eksport qilish boʻyicha Oʻzbekiston tomonining tayyorligi qayd etildi.

    Saudiya tomonidan zarur veterinariya talablarini yuborish hamda doimiy muloqot mexanizmini yoʻlga qoʻyish taklifi ilgari surildi.

    Shuningdek, uchrashuvda ilmiy tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish hamda oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi.

    Jahon hayvonlar sogʻligi tashkiloti (JHST) Assambleyasining 92-Bosh sessiyasi doirasida qoʻmita raisi Bahrom Norqobilov boshchiligidagi delegatsiya Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Iqlim oʻzgarishi va atrof-muhit vazirligi vakili Kaltam Ali xonim boshchiligidagi delegatsiya bilan ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazdi.

     BAA bilan oʻtkazilgan muzokaralar chogʻida tomonlar oʻrtasidagi keng koʻlamli munosabatlarning yuqori salohiyati alohida taʼkidlandi.

    Uchrashuvda veterinariya, parrandachilik, quyonchilik, tuyachilik va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Oʻzbekistondan BAAga parranda goʻshti va inkubatsion tuxum eksport qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan veterinariya sertifikatlarini kelishishga oid masalalar yuzasidan maʼlumot almashildi.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita