Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

Universitetda “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari bo‘lib o‘tdi

  • Asosiy
  • Yangiliklar
  • Universitetda “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar

Universitetda “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari bo‘lib o‘tdi

Universitetda “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari bo‘lib o‘tdi

    Maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga qamrab olish, o‘zlari istagan kasblarga yo‘naltirish, universitet imkoniyatlarini kengroq namoyish etish maqsadida SamDVMCHBU fakultetlarida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari o‘tkazildi.

    Unda universitet qoshidagi akademik litsey hamda viloyatimizning Urgut, Tayloq, Bulung‘ur va Pastdarg‘om tumanlaridan tashrif buyurgan  umumta’lim maktablari bitiruvchi o‘quvchilari, abituriyentlar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

    Tashrif buyuruvchilar universitet bo‘ylab sayohat qilib, zamonaviy laboratoriyalar, o‘quv xonalari, kutubxona va talabalar turar joyi, ta’lim jarayoni bilan tanishib,  ma’lumot oldilar. Abituriyentlar uchun qabul shartlari va mezonlari, xorijiy ta’lim dasturlari hamda hamkor tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari haqida batafsil axborot taqdim etildi.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita