“KORRUPSIYADAN HOLI YANGI OʻZBEKISTON UCHUN BIRLASHAYLIK!”




     Joriy yilning 17-may kuni Samarqand shahrida yurtimizda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, fuqarolik masʼuliyatini oshirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida ijtimoiy ongni shakllantirish maqsadida “KORRUPSIYADAN HOLI YANGI OʻZBEKISTON UCHUN BIRLASHAYLIK!” shiori ostida ommaviy yugurish marafoni tashkil etildi.

     Mazkur marafonda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining professor-o'qituvchilar hamda talaba yoshlari faol ishtirok etishdi.

     Ularning sportga boʻlgan mehrlari, sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlashlari va korrupsiyaga qarshi murosasiz pozitsiyalari bilan boshqalarga oʻrnak boʻlishdi.

     Bu kabi tadbirlar yoshlarda vatanparvarlik ruhini oshirish, jismonan sogʻlom va maʼnan yetuk avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.