SamDVMCHBU Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan bahorgi semestr uchun rejalashtirilgan fanlardan yakuniy nazorat imtihonlar vaqtida korrupsion holatlarni oldini olish bo'yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Zooinjeneriya va MQITi fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari G‘.Jabborov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshlig‘i F.Turayev, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i B.Kuldashevlar o‘tqazilayotgan prafilaktik tadbirlar imtihon olish jarayonlarining shaffofligini ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik asosiy maqsad qilib olinganligi aytib o‘tildi.
Tadbir yakunida yig‘ilish qatnashchilari ya’ni talabalarimiz o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollar yuzasidan to‘liq javob oldilar.