SamDVMCHBU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan bahorgi semestr uchun rejalashtirilgan fanlardan yakuniy nazorat imtihonlar oldidan korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida Zooinjeneriya va MQIT fakulteti 4-bosqich talabalari bilan profilaktik tadbir o‘tkaildi.
Tadbirda talabalarga korrupsiyaning birqancha salbiy illatlari haqida ma’lumotlar berildi. Davlat va jamiyat rivojiga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi eng yomon illatlardan biri ekanligi va korrupsiyaga qarshi birgalikda, qatʼiyat bilan kurashish taraqqiyotimizning muhim omillaridan biri ekanligini taʼkidladi.
Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasida oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun maxsus bepul kurslar (https://virtual.proacademy.uz/courses/korrupsiyaga-qarshi-kurashish-maxsus-oquv-kursi/) shakllantirilganligi aytib o‘tildi.