Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

SamDVMCHBU rektori akademik litsey o‘quvchi-yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

  • Asosiy
  • Yangiliklar
  • SamDVMCHBU rektori akademik litsey o‘quvchi-yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Yangiliklar

SamDVMCHBU rektori akademik litsey o‘quvchi-yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

SamDVMCHBU rektori akademik litsey o‘quvchi-yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Universitet akademik litseyida o‘tgan uchrashuv oldidan rektor X.Yunusov ta’lim-tarbiya jarayonlari, ularning vatanparvarlik ruhini yuksaltirish, tizim uchun munosib kadrlar etib tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

    Shundan so‘ng yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil qilindi. Rektor mamlakatimiz hayotida ro‘y berayotgan ulkan o‘zgarishlar, muhtaram Prezidentimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, yurtimiz yoshlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlarga to‘xtaldi.

    Bugungi murakkab davrda yoshlar ta’lim-tarbiyasi eng muhim vazifa ekanligini ta’kidlab, o‘quvchilarni zamonaviy bilimlarni puxta egallashga, tanlagan kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lishga, mamlakatimiz hayotiga daxldorlik hissi bilan yashashga chaqirdi.

    Shuningdek, akademik litseyda ta’lim sifati, fan to‘garaklarining tashkil etilishi va unda o‘quvchilarning qanchalik ishtirok etayotganligi, litsey o‘quvchilarini fan olimpiadalarida sovrinli o‘rinlarni olishlari uchun tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish, ularning kelgusida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

    Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv chog‘ida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Ishtirokchilar tomonidan litsey faoliyati va ta’lim jarayoni takomillashtirish borasida qator takliflar o‘rtaga tashlandi.

    Universitet rektori uchrashuv so‘ngida litsey o‘quvchilariga o‘qish va ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

    Shuningdek, tadbir davomida Milliy qadriyatlar sayli doirasida universitetning "Rahbariyat", "Ustoz", Samarqand veterinariya medisinasi texnikumining "Renesans", akademik litseyning " Afrosiyob" va "Registon" jamoalari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yinlari va sport musobaqalari o‘tkazildi.

    “Zakovat” intellektual o‘yida universitetning “Rahbariyat” jamoasi g‘olib bo‘lib, estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita