Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

Zamonaviy veterinariya farmakologiyasining dolzarb muammolari, innovatsiyalari va mikroorganizmlarning antibiotiklarga chidamliligini rivojlanishiga qarshi kurash yo‘llari

  • Asosiy
  • Yangiliklar
  • Zamonaviy veterinariya farmakologiyasining dolzarb muammolari, innovatsiyalari va mikroorganizmlarning antibiotiklarga chidamliligini rivojlanishiga qarshi kurash yo‘llari
Yangiliklar

Zamonaviy veterinariya farmakologiyasining dolzarb muammolari, innovatsiyalari va mikroorganizmlarning antibiotiklarga chidamliligini rivojlanishiga qarshi kurash yo‘llari

Zamonaviy veterinariya farmakologiyasining dolzarb muammolari, innovatsiyalari va mikroorganizmlarning antibiotiklarga chidamliligini rivojlanishiga qarshi kurash yo‘llari
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida 26-aprel - Xalqaro veterinariya kuniga bag‘ishlangan “Zamonaviy veterinariya farmakologiyasining dolzarb muammolari, innovatsiyalari va mikroorganizmlarning antibiotiklarga chidamliligini rivojlanishiga qarshi kurash yo‘llari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ish boshladi.

    Konferensiyada ishtirok etgan universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov hamda Rossiya fanlar akademiyasi akademigi, Patologiya, farmakologiya va terapiya veterinariya ilmiy tadqiqotlar instituti ilmiy rahbari, v.f.d, professor Shabunin Sergey Viktorovich so‘zga chiqib, konferensiya mavzusining dolzarbligi va ahamiyatiga to‘xtaldi hamda uning faoliyatiga omad tiladi.

    Bugungi kunda butun dunyo mamlakatlarida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Chorvachilikning turli sohalarida hayvonlar va parrandalar organizmida yuzaga keladigan bir qator kasalliklarni davolash maqsadida kimyo terapevtik preparatlar asosan antibiotiklar keng qo‘llanilib kelinmoqda.

    Natijada, ushbu preparatlarni uzoq vaqt mobaynida qo‘llanilishi oqibatida ularga nisbatan kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar chidamliligini oshishiga olib kelmoqda. Bu holatda qo‘llangan ushbu antibiotiklar samarasiz bo‘lib qolmoqda. Shu tufayli o‘tkazilayotgan bugungi xalqaro konferensiyada ma’ruza qilgan RFA akademigi Shabunin Sergey Viktorovich va boshqalar ushbu muammolarni bartaraf etish yo‘llariga e’tibor qaratishdi.

   Shuningdek, konferensiyaning asosiy vazifasi hayvonlarni kasallik chaqiruvchi turli xil mikroorganizmlardan samarali himoyalovchi hamda organizm uchun zararsiz bo‘lgan yangi preparatlarni yaratishga qaratilganligi, buni amalga oshirishda xorijiy olimlar bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlarni olib borish muhim himoblanishini ta’kidlasndi.

 

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita