Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

SamDVMCHBUda “BIZ QADRIYATLARI ULUGʻLANGAN YURT FARZANDLARIMIZ!” shiori ostida MILLIY QADRIYATLAR SAYLI ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi

  • Asosiy
  • Yangiliklar
  • SamDVMCHBUda “BIZ QADRIYATLARI ULUGʻLANGAN YURT FARZANDLARIMIZ!” shiori ostida MILLIY QADRIYATLAR SAYLI ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi
Yangiliklar

SamDVMCHBUda “BIZ QADRIYATLARI ULUGʻLANGAN YURT FARZANDLARIMIZ!” shiori ostida MILLIY QADRIYATLAR SAYLI ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi

SamDVMCHBUda “BIZ QADRIYATLARI ULUGʻLANGAN YURT FARZANDLARIMIZ!” shiori ostida MILLIY QADRIYATLAR SAYLI ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi
Universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov boshchiligidagi festival ishtirokchilari dastlab milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analarimiz yorqin namoyon etilgan rang-barang ko‘rgazma asarlari bilan yaqindan tanishishdi.

    Bir yonda bir-biridan totli milliy taomlarning yoqimli tafti, yana bir yonda egnida atlasu adraslarda o‘zbekona iffat ila salom berayotgan talaba-qizlar, ayniqsa, milliy qadriyatlarimiz yo‘g‘rilgan o‘lanu laparlarning jarangi tadbirga yanada ko‘tarinkilik ulashdi.

- Festivalni tashkil etishdan asosiy maqsad jonajon yurtimiz milliy qadriyatlari, urf-odatlari va an’analarini asrab-avaylash, keng targ‘ib qilish hamda xalqimizning azaliy va boqiy merosi bilan yoshlarimizni yaqinroq tanishtirishdan iborat, - dedi festivalda ishtirok etgan universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov.

    Tadbirlarda mehmon sifatida ishtirok etgan Belorussiyaning Vitebsk "Hurmat belgisi" ordenli davlat veterinariya Akademiyasi rektori Olga Sergeyevna Gorlova mazkur tadbir orqali o‘zbek milliy qadriyatlaridan bahra olganligi, juda katta taassurotlari ega bo‘lganligini ta’kidladi.

    Xalq sayli ko‘rinishiga ega festivalda "Ibratli talaba kelin" fakultetlararo ko‘rik-tanlov, milliy liboslar ko‘rgazmasi, milliy o‘yinlar, xalisa taomini pishirish, osh chempionati, milliy taomlar ko‘rgazmasi, non sayli, alla aytish, milliy qadriyatlar ko‘rgazmasi, milliy sport o‘yinlari, shuningdek, “Besh muhim tashabbus” doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini, rassomchilik va kitobxonlik tanlovlari bo‘lib o‘tdi.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita