"Korrupsiyaga qarshi kurashish” oyligi doirasida "Adolat" SDP Samarqand tuman Kengashi, Samarqand shahar FHDYO bo‘limi, Samarqand tuman Adliya bo‘limi, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti hamkorligida «Korrupsiyani birgalikda yengamiz!" mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda ishtirok etgan universitet rektori, professor X.Yunusov hamda "Adolat" SDP Samarqand tuman Kengashi raisi Z.Quddusovalar korrupsiya - rivojlanish, taraqqiyot, farovon hayotga erishish yo‘lidagi eng katta to‘siq hisoblanishi, muhtaram davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev korrupsiyaga qarshi kurashish milliy Kengashi yig‘ilishida buni alohida ta’kidlaganligi, yurtimizda so‘nggi yillarda korrusiyani bartaraf etish borasida samarali ishlar amalga oshirilayotganligi, bu borada bir qator qonunlar qabul qilinib, yangi tizim yaratilganligi, parlament palatalarida mas’ul qo‘mitalar, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy Kengashi va agentlik tashkil qilinganligi, respublikamizda islohotlar sababli banklar, maktabgacha va maktab ta’limi, oliy ta’lim tizimi va boshqa sohalarda aholiga inson aralashuvisiz, onlayn, to‘liq shaffof xizmat ko‘rsatishga o‘tilganligini ta’kidlashdi.
Shuningdek, «Korrupsiyani birgalikda yengamiz!" mavzusida o‘tkazilgan tadbirda Samarqand shahar FHDYO bo‘limi mudiri, viloyat Kengashi deputati Boboqulova Inobat Meliyevna, O‘zbekiston "Adolat" SDP Samarqand tuman Kengashi raisi, tuman Kengashi deputati Z.Quddusova, Adliya bo‘limi mudiri Mo‘minov Nodirlar ishtirok etib, davlat xizmatchisi eng avvalo yuragi, vijdoni va qo‘li toza, ko‘ngli ochiq, aql va zakovat sohibi bo‘lsa, u albatta el-yurt ishonchini, mehrini va e’tiborini qozona olishi, shunday ekan, go‘zal va betakror yurtimizning bugungi va ertangi kuni, yorug‘ kelajagi uchun avvalambor o‘zimiz mas’ul ekanligimizni unutmasligiz lozimligi, talabalar dunyoqarashini munosib ravishda shakllantirish, ularning huquqiy madaniyatini oshirib borish qanchalik muhim ekanligini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, tadbirda universitet huzurida tashkil etilgan “Besh muhim tashabbus” markazi qoshida tashkil etilgan “Ranglar sehri” to‘garagi a’zolari tomonidan «Korrupsiyani birgalikda yengamiz!" mavzusi ostida chizilgan rasmlar tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.