Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

Respublika yoshlar forumi ishtirokchilari munosib kutib olinmoqda

  • Asosiy
  • Yangiliklar
  • Respublika yoshlar forumi ishtirokchilari munosib kutib olinmoqda
Yangiliklar

Respublika yoshlar forumi ishtirokchilari munosib kutib olinmoqda

Respublika yoshlar forumi ishtirokchilari munosib kutib olinmoqda

      Respublika yoshlar forumi ishtirokchilari munosib kutib olinmoqda
     Bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida katta hayajon va ko‘tarinki kayfiyat hukm surmoqda. 2-4-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan Respublika yoshlar forumi ishtirokchilari shahrimizga yetib keldi. Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tizimidagi turli taʼlim muassasalaridan tashrif buyurgan hurmatli mehmonlar, professor-o‘qituvchilar hamda iqtidorli o‘quvchi va talaba-yoshlar katta ehtirom bilan kutib olinmoqda. Mazkur forum mamlakatimiz yoshlarining ilmiy va kasbiy rivojiga o‘ziga xos turtki beradigan muhim tadbirlardan biri bo‘lib, unda yoshlar o‘z bilim va tajribalarini oshirish, yangi g‘oyalar bilan bo‘lishish hamda o‘z sohasi mutaxassislari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Hurmatli mehmonlar, sizlarni mehmondo‘st  Qoraqalpog‘iston zaminida chin dildan qutlaymiz! 

Xush kelibsiz!

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita