Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

“YASHIL MAKON” LOYIHASI: KELAJAK AVLOD UCHUN YASHIL MUHIT

Yangiliklar

“YASHIL MAKON” LOYIHASI: KELAJAK AVLOD UCHUN YASHIL MUHIT

“YASHIL MAKON” LOYIHASI: KELAJAK AVLOD UCHUN YASHIL MUHIT

    Joriy yilning 1-aprel kuni Oqdaryo tumanida joylashgan SamDVMCHBU o'quv-tajriba maydonida  Agrotexnologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari, xodimlar hamda ko‘ngilli talabalardan tarkib topgan jamoa “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar. 

    Ushbu ekologik tadbir tabiatni asrash, yashil hududlarni kengaytirish va kelajak avlod uchun barqaror muhit yaratishga xizmat qiladi.

    Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida fakultet jamoasi tomonidan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi, daraxtlar oqlandi, yerlar yumshatildi hamda yot oʼtlardan tozalandi.

 Toki biz tabiatga mehr va e’tibor bersak, kelajak avlod ham sof havo va yashil muhitdan bahramand bo‘ladi!

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita