Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon

REKTOR RAMAZON HAYITI BAYRAMINI TALABALAR BILAN O'TKAZDI



    SamDVMCHBUda uzoq viloyatdan kelib o‘qiyotgan, ta’tilda uyiga ketmasdan ayni paytda Talabalar turar joyida yashab qolgan 300 nafardan ziyod talabalar  uchun o'zbek milliy taomi bo'lmish osh tayyorlanib, tarqatildi.

    Universitet rektori, professor X. Yunusov tashrif buyurgan
tadbir talabalar uchun o‘zgacha ruhda o‘tib, Rektor talabalik davrida bo‘lib o‘tgan eng qiziqarli va esda qolarli lahzalar va taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Mehr – oqibat, ezgulik va sahovat ay’yomi bo'lmish Ramazon hayiti, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash xususida so'z yuritdi.

    Darhaqiqat, mehr va e’tibor ko‘rsatish, yaxshilik, sabru-qanoat kabi ezgu hislatlarni o‘zida jam etgan bu bayramning mazmun-mohiyatini bugun har birimiz yaxshi anglaymiz. Ushbu kun ilohiy rahmat Yer yuziga yog‘iladigan, qalblar zavqlanadigan ajoyib fursatdir.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita