WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.

FAN OLIMPIADASINING UNIVERSITET BOSQICHI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI




    O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisining 2025-yil 13-fevraldagi 13-i/ch-son buyrug‘iga asosan Qo‘mita tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim bosqichi talabalari o‘rtasida respublika fan olimpiadasi o‘tkazilishi belgilangan.
    Mazkur buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida mart oyida o‘tkazilgan universitet saralash bosqichi g‘oliblariga universitet rektori, professor X.Yunusov tomonidan olimpiada diplomlari topshirildi.

    Olimpiadaning Respublika bosqichi joriy yilning 2-4 aprel kunlari Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida o‘tkaziladi.

    Olimpiadaning respublika bosqichida iqtidorli talablarga omad tilaymiz.