Shu yilning 2-4-aprel kunlari qoʻmita tasarrufidagi oliy taʼlim muassasalari talabalari ishtirokida “Yoshlar forumi” oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Forum doirasida avval “Rais va yoshlar uchrashuvi” keyin “Respublika fan olimpiadasi” musobaqalari oʻtkaziladi. “Yashil makon” milliy dasturi doirasida Moʻynoq tumanida koʻchat ekish tadbirlari boʻlib oʻtadi.
Qoʻmita tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislarni mazkur forumda ishtirok etishga chorlab qolamiz.