Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-61-son qarori ijrosi hamda 2024-2025 o‘quv yilida bitiruvchi talabalar Veterinariya profilaktikasi va davolash hamda Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakultetlari bo‘yicha bitiruvchi talabalarning kelgusida ishga joylashishi bo‘yicha taqsimot komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishni universitet rektori professor X.B.Yunusov ochib berdi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-61-son qarori qarorning qabul qilinishi bu aynan yoshlarga qaratilayotgan etibor xususan ularning bandligini taminlashga qaratilayotgani, OTMlar bitiruvchilarini ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi “Kelajakka qadam” dasturini amalga oshirish ko‘rsatilgan bu juda katta imkoniyatlar eshigini ochib berilishi, bitiruvchilar tomonidan startap loyihalar asosida 80 ming AQSH dollori miqdorida O‘zbekiston Milliy banki ishtirokida ajratilganligining o‘zi juda kata imkoniyat ekanligi takidlab o‘tildi. Shuningdek bitiruvchilarga ishga joylashish bo‘yicha tavsiyalarni berib aniq ish joyiga ega bo‘lmagan bitiruvchilarni joylashtirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berib o‘tildi.
Shuningdek yig‘ilishda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor professor A.A.Elmurodov taqsimot komissiyasiga taqdim etilgan bitiruvchilarni ish joylarini o‘qib eshittirdi va ishga joylashish masalasida ayrim bitiruvchi talabalarni kasbiy faoliyatidan kelib chiqib 11-aprel kuni universitetda “Karera” kunlarini tashkil etilgan holda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlardagi boshqarma va bo‘limlari, yirik klasterlar, tashkilot va korxona rahbarlarini jalb qilinishi bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tdi. Shundan so‘ng bitiruvchi talabalarning 50 ga yaqin loyihalar ko‘rib chiqilib 10 dan ortiq startap loyihalari bevosita rahbarlar va soha mutaxassislari ishtirokida eshitildi hamda Samarqand davlat universiteti huzurida ochilgan Kelajakka qadam dasturi bo‘yicha tashkil etilgan markazga topshirilishi belgilanib olindi.
Tadbirning ikkinchi qismi savol-javob shaklidagi ochiq muloqot ko‘rinishida davom etib, unda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tegishli rahbarlar shuningdek registrator ofisi, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari hamda va malakaviy amaliyot bo‘yicha mas’ullar tomonidan batafsil javob olishdi.