Joriy yilning 22-mart kuni Oqdaryo tumanida joylashgan SamDVMCHBU o'quv-tajriba maydonida Agrotexnologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari, xodimlar hamda ko‘ngilli talabalardan tarkib topgan jamoa “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Ushbu ekologik tadbir tabiatni asrash, yashil hududlarni kengaytirish va kelajak avlod uchun barqaror muhit yaratishga xizmat qiladi.
"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida fakultet jamoasi tomonidan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi, daraxtlar oqlandi, yerlar yumshatildi hamda yot oʼtlardan tozalandi.
Toki biz tabiatga mehr va e’tibor bersak, kelajak avlod ham sof havo va yashil muhitdan bahramand bo‘ladi!