Tadbirning tantanali ochilish marosimida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Q. Gapparov so‘zga chiqib, Navro‘z bayramining milliy qadriyatlarimizdagi o‘rni, yosh avlodni vatanparvarlik va ezgulik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati haqida ta’kidlab o‘tdi.
Bellashuv davomida talabalar o‘z bilimlari, iste’dodlari va ijodiy qobiliyatlarini namoyon etdilar. Musobaqa turli yo‘nalishlarda o‘tkazilib, ishtirokchilar dadiiy chiqishlar va milliy qo‘shiqlar ijro etib, bayramona kayfiyat ulashdilar
Tadbir yakunida g‘olib jamoalar va faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari hamda diplomlar bilan taqdirlandi.