WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.

SAMDVMCHBU REKTORI, PROFESSOR XUDAYNAZAR YUNUSOVNING KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BORASIDA MUROJAATI




Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Binobarin, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish bo‘yicha samarali ishlar tashkil etilmoqda. 
Jumladan, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini yo‘lga qo‘yish orqali davlat boshqaruvida samarali va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratildi. 
Xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” va “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunlarning qabul qilinishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashlarning tashkil etilishi shular jumlasidan. 
Universitetimizda Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida quyidagi ustuvor vazifalar bajarilib kelinmoqda. 
Jumladan:
- universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;
- oliy ta’lim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini universitet miqyosida amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash;
- korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;
- korrupsiyaga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirib borish, shuningdek zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish;
-universitet huzuridagi akademik litsey va texnikumlarning korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar.
Korrupsiya omillari va shart-sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni o‘zimizga ustuvor vazifa qilib olishimiz darkor.
Bunda vatanparvarlik, sodiqlik va mas’uliyatni faoliyatning asosiy tamoyiliga aylantirgan holda, har bir mutaxassis xodim oldiga qo‘yilgan vazifalarni vijdonan, xolis va yuqori saviyada amalga oshirishi lozim.
Davlat xizmatchisi eng avvalo yuragi, vijdoni va qo‘li toza, ko‘ngli ochiq, aql va zakovat sohibi bo‘lsa, u albatta el-yurt ishonchini, mehrini va e’tiborini qozona oladi. Shunday ekan, go‘zal va betakror yurtimizning bugungi va ertangi kuni, yorug‘ kelajagi uchun avvalambor o‘zimiz mas’ul ekanligimizni unutmaylik.
 
Hurmatli professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar!
Mazkur murojaatim orqali, Universitetimizni korrupsiyadan holi muassasaga aylantirishda barcha sog‘lom kuchlarni, ya’ni halol va fidoyi professor-o‘qituvchilardan tortib xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar hamda talabalarni ham birlashtirib ish olib borishimiz o‘zining ijobiy samarasini berishi muqarrar. 
Shu bois, keling, bu illatga qarshi barchamiz birgalikda kurashaylik.