Shimoliy Qozogʻiston Agrotexnologiyalar Universiteti vakili Akkerova Elmira Qarshigiyevna Biotexnologiya fakulteti "Biologiya, ekologiya va dorivor oʻsimliklar" kafedrasiga tashrif buyurdi.
E. Akkerova universitetimiz rektori professor X.B.Yunusov bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun uchrashuv o‘tkazdi.
Unda ilmiy va akademik hamkorlik;
— Ekologiya va dorivor oʻsimliklar bo‘yicha tadqiqotlar oʻtkazish;
— O‘quv dasturlarini takomillashtirish;
— Qo‘shma konferensiyalar va seminarlar tashkil etish haqida soʻz yurutildi.
Biologiya, ekologiya va dorivor o‘simliklar yo‘nalishida qo‘shma tadqiqotlar olib borish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ilmiy konferensiya va seminarlar tashkil etish borasida kelishuvga erishildi.
Uchrashuv kelgusida innovatsion loyihalar va ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.