WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.

TURKIYA MEHMET AKIF ERSOY UNIVERSITETI VAKILI TASHRIF BUYURDI




     Turkiya davlatining Burdur Mehmet Akif Ersoy Universiteti rektori maslahatchisi, professor Dursun Ko'se universitetimizga tashrif buyurdi va Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor O.Achilov bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuv davomida tomonlar qishloq xo‘jaligi ta’limi va tadqiqotlarini rivojlantirish, veterinariya yo‘nalishida qo‘shma ta’limni yo‘lga qo‘yish, universitet professor-o'qituvchilari tomonidan Mehmet Akif Ersoy universitetida ma'ruzalar o‘tish va ikki tomonlama hamkorlikda ish olib borib, Tanlovlarga birgalikda loyihalar berish masalalarini muhokama qilishdi. Mazkur hamkorlik O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi va veterinariya sohasida yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.