WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.

ASSALOMU ALAYKUM, MUHTARAMA ONAXONLAR, QADRLI OPA-SINGILLAR! HURMATLI TALABA-QIZLARIM!




Avvalo, siz, azizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Barchangizga oʻzimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman.

     Biz bu qutlugʻ bayramni doimo orziqib, katta quvonch va hayajon bilan kutamiz. Chunki bu ayyom yurtimizga yasharish va yangilanish fasli - bahorni boshlab keladi.

Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda, Uchinchi Renessans bunyodkori boʻlgan yosh avlodni tarbiyalashda sizlarga, sizlarning buyuk murabbiylik fazilatlaringizga tayanamiz.

Bugun universitetimizdagi 656 nafar professor – oʻqituvchi va ishchi xodimlarning 287 nafarini xotin – qizlar, 5878 nafar talabalarimizning 1742 nafarini qizlar tashkil etadi.

     Fidoyi olimalar va yosh tadqiqotchilar, izlanuvchilar yoki taʼlim maskanining boshqa boʻlimlarida faoliyat koʻrsatayotgan bu ayollar universitetimizning fayzi va koʻrkidir. Ular universitet hayotiga goʻzallik va maʼno bahsh etadilar!

Yana bir narsani mamnuniyat bilan aytishim mumkinki, joriy yilda universitetda ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi izlanuvchilardan 25 nafari falsafa doktori (PhD)  dissertatsiyalarini himoya qilishgan boʻlsa, shundan 6 nafari xotin-qizlardir.

    Shuningdek, 5 nafar Davlat stipendiyasi sohiblarining 2 nafari talaba-qizlar hisoblanib,  ular Oʻzbekiston Respublikasi Prezidendi  hamda Beruniy nomli davlat stipendiyasi sohibasi boʻldilar.

Ular bilan haqli ravishda fahrlanamiz!

Aziz va muhtaram ayollarimiz, onaxonlarimiz, opa-singillarimiz!

Barchangizni yana bir bor 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbdan muborakbod etaman. Doimo bahor gullariday chiroyli, goʻzal va betakror boʻlishingizga tilakdoshman!

 

BAYRAMINGIZ MUBORAK BOʻLSIN!

 

Hurmat bilan,

Xudaynazar Yunusov,

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,

chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

rektori, professor.