Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida shu mavzuda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada ishtirok etgan Xitoy Respublikasi Tsinzyan Agrar universiteti professori Paxuna Aykebayera, K.A.Temiryazov nomidagi Moskva Davlat Agrar universiteti professori Mixail Mazirov hamda shu universitet dotsenti Natalya Kamenni, Litva qishloq xo‘jalik akademiyasi qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Audrone Zebrauskinelar mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini biltirib, anjumanning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligida ilm-fan va amaliyotni integratsiyalash asosida tuproq-iqlim sharoitlariga mos, qishloq xo‘jaligi ekinlarining serhosil navlarini yaratish, joylashtirish, zamonaviy texnika va innovasion texnologiyalarni qo‘llash hisobiga hosildorlikni oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish hamda daromadni oshirish imkoniyatlarini kengaytirish, mazkur yo‘nalishda innovasion texnologiyalardan samarali foydalanish, ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidlashdi.
Shuningdek, konferensiya jarayonida suv tejamkor texnologiyalar bo‘yicha O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasi bosh mutaxassisi Taylan Boga “Tomchilab sug‘orish mexnologiyasini joriy qilish shart-sharoitlari, quvurlarni joylashtirish va unga qo‘yiladigan talablar”, Yarus Agro O‘zbekiston-Eron qo‘shma korxonasi xodimi Farzona Montazevi “O‘zbekiston sharoitida o‘simliklarda uchraydigan kasalliklar va ularga qarshi kurash chora-tadbirdlari”, Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexaniyazatsiyalash muhandislari instituti tayanch doktoranti Xojimurod Shodiyev “Ko‘chat ekish mashinasining egat ochish moslamasi parametrlarini asoslash” kabi mavzularda o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Konferensiya Agrar sohani rivojlantirishning istiqbolli vazifalari va zamonaviy texnologiyalari hamda Agronomiya, yem-xashak yetishtirish sohasini rivojlantirishning vazifalari va zamonaviy texnologiyalari shoʻbalariga bo‘lingan holda o‘z ishini davom ettirdi.