O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi hamda “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” munosabati bilan barcha hududlarda bo‘lgani kabi Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida ham ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi hamda “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni”ga bag‘ishlangan tadbirda universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz asosida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar inson manfaatlariga qaratilganini, shuningdek qishloq xo‘jaligining chorvachilik tarmog‘i uchun malakali mutaxassislar tayyorlab beradigan oliy ta’lim muassasasi sifatida universitet olimlari, ilmiy tadqiqotchilar, qolaversa talabalar zimmasida ulkan mas’uliyat borligini ta’kidlab, barchani bayram bilan tabrikladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilovning universitet jamoasiga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi hamda Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
Tadbir davomida
Qishloq xo‘jaligi sohasi, veterinariya, chorvachilik va biotexnologiyalar
yo‘nalishida sifatli ta’lim jarayonini tashkil etishga, talaba-yoshlarning har
tomonlama komil inson bo‘lib yetishishida qo‘shayotgan hissasi va samarali
mehnatlari uchun bir guruh soha xodimlari va professor-o‘qituvchilar
“O‘zbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi” ko‘krak nishoni, Veterinariya
va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisining Faxriy yorlig‘i hamda
Universitet rektorining Faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan
taqdirlandi.
Universitet
iqtidorli talaba-yoshlarining badiiy chiqishlari esa tadbirning yanada ko‘tarinki
kayfiyatda o‘tishini ta’minladi.