TADBIRLAR

Vazir oʻrinbosari universitetga tashrif buyurdi



Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetiga tashrif buyurib, universitet faoliyati, ilmiy tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishdi.


 




Mehmonlar Universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov hamrohligida universitetdagi mavjud oʻquv-ilmiy laboratoriyalar, universitetda yo'lga qo'yilgan Mega loyiha doirasida tashkil etilgan, amaliy darslarni oʻtishga moʻljallangan ilmiy-pedegogik kadrlar tayyorlash inkubatori - vivariy bilan tanishib, amalga oshirilayotgan ishlarni koʻzdan kechirdi hamda  oʻz tavsiyalarini berdi.