TADBIRLAR

“PARAZITAR KASALLIKLAR PROFILAKTIKASI, ULARNI DAVOLASHDA INNOVATSION YONDASHUV” mavzusidagi RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

 OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI

 

VETERINARIYA VA CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRISH QO‘MITASI

 

SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI

 

2024-yil 26-27 sentabr kunlari Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, “Parazitologiya va veterinariya ishini tashkil etish kafedrasining

 

PARAZITAR KASALLIKLAR PROFILAKTIKASI, ULARNI DAVOLASHDA INNOVATSION YONDASHUVmavzusidagi

 

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

AXBOROT XATI


Samarqand - 2024

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

PARAZITAR KASALLIKLAR PROFILAKTIKASI, ULARNI DAVOLASHDA INNOVATSION YONDASHUV

 

Anjumanning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasida parazitar kasalliklar profilaktikasi, ularni davolashda innovatsion yondashuv yechimiga bag‘ishlangan ilmiy - tadqiqot ishlarini natijalari bo‘yicha respublika ilmiy-amaliy konferensiyaning maqsadi respublikada chorva hayvonlaridagi parazitar kasalliklarning hozirgi holati, mavjud muammolar, yechimi, istiqboldagi vazifalar bo‘yicha bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlar tahlil qilinadi va ishlab chiqarishga istiqboldagi vazifalari belgilab beriladi.

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholini sifatli chorvachilik mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda chorva hayvonlari va parrandalar bosh sonini ko‘paytirish, ularning mahsuldorligini oshirishda barcha hayvonlarni turli parazitar kasallik qo‘g‘atuvchilaridan asrash, uning oldini olish, davolash va qarshi kurashish veterinariya amaliyotida dolzarb ahamiyat kasb etad.

Konferensiyada veterinariya, chorvachilik, chorvachilikni mexanizatsiyalashtirish bo‘yicha maqolalar qabul qilinadi.

 

Anjuman muloqot va maqolalarni qabul qilish hamda to‘plamlarni chop etishda o‘zbek, rus va ingliz tillaridan foydalaniladi.

Anjuman ananaviy (oflayn) hamda masofaviy (onlayn) tarzda o‘tkaziladi.

 

Asosiy sanalar:

Maqolalarni qabul qilish - 2024 yil 24 sentabrgacha;

Qabul qilinganligi to‘g‘risida ma’lumot berish – qabul qilingandan so‘ng
3 kun davomida;

Qayta to‘g‘rilangan maqolalarni qabul qilish - 2024 yil 24 sentabrgacha;

Anjuman o‘tkaziladigan sana – 2024 yil 26-27 sentabr.

 

TASHKILIY QO‘MITA MANZILI:

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti,

M.Ulug’bek ko‘chasi, 77-uy, Samarqand shahar, Samarqand viloyati, O‘zbekiston Respublikasi

Telefonlar: (+99893) 728-90-77; (+99890) 100-54-45

E-mail: rustamovbaxtiyor21@gmail.com

 

 

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYADA ISHTIROK ETISH TARTIBI

 

Anjumanda ishtirok etish uchun 2024 yil 24 sentabrgacha (shu kuni ham) talab bo‘yicha rasmiylashtirilgan maqola, anjuman ishtirokchisi anketasini rustamovbaxtiyor21@gmail.com elektron manzilga yoki +99893-728-90-77 raqamli telegramga jo‘natishi lozim. Fayl nomlari birinchi muallif familiyasi va sho‘ba raqami (masalan: B.Rustamov - maqola-2, B.Rustamov - anketa) bilan nomlanishi kerak. Maqola yuborilgandan 3 ish kuni ichida, maqolani qabul qilinganligi to‘g‘risida anjuman materiali yuborilgan elektron pochtaga va maqola muallifi telefon raqamiga ma’lumot yuboriladi. Talab darajasida rasmiylashtirilmagan hamda ijobiy retsenziyadan o‘tmagan maqolalar QABUL QILINMAYDI.

Maqolalar to‘plam sifatida chop ettiriladi. Maqola uchun to‘lov mavjud emas.

Qabul qilingan maqola mualliflari sho‘balar bo‘yicha “Anjuman Dasturi” da belgilangan vaqtda oflayn/onlayn tarzda o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etishi ko‘zda tutiladi.

Anjuman natijalari to‘plami UO‘K, BBK, ISBN indekslari beriladigan rasmiy nashr hisoblanadi. To‘plam anjuman yakunlangandan 10 kun ichida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti veb saytiga ham (www.ssuv.uz) joylashtiriladi.

 

ANJUMAN MATERIALLARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

Dolzarbligi. Maqola yuqorida keltirilgan sho‘balarga tegishli dolzarb mavzu bo‘yicha yozilishi va mustaqil tadqiqot natijalarini o‘z ichiga olishi, shuningdek ilgari nashr etilmagan yoki boshqa nashrlarga bundan keyin berilmasligi kerak.

Ma’suliyat va javobgarlik. Mualliflar Tashkiliy qo‘mitaga yuborayotgan materiallarining mazmuni va savodxonligi uchun javobgardirlar. Shuning uchun puxta tayyorlash lozim.

Maqola hajmi - 5-8 bet bo‘lishi, mualliflar soni 5 tadan ko‘p bo‘lmasligi tavsiya etiladi.

Rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar: Sahifa formati - A4 (210×297 mm); Chegaralar (yuqorigi, pastki, chap va o‘ng tomonlar) - 20 mm; Shrifti - kegl 14; tipi - Times New Roman; Qator oralig‘i - 1,5; Sahifalar raqamlanmaydi. Matn originalligi -65%.

Maqolada ketma-ketlik tartibi:

1. Mualliflarning familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zbek, rus va ingliz tillarida transliteratsiya asosida).

2. Ilmiy darajasi va unvoni, ish yoki o‘qish joyi, shahri (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).

3. Muallifning elektron pochtasi.

4. Maqolaning sarlavhasi (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).

5. Annotatsiya (100-150 belgi) (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).

6. Kalit so‘zlar (5-7 so‘z) (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).

7. Maqola matni.

8. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

Maqola sarlavhasi, annotatsiya va kalit so‘zlarni rus va ingliz tillariga tarjima qilishda Google translate, Yandeks perevodchik, PROMT kabi tarjimonlardan foydalanishga ruxsat etilmaydi.

Annotatsiya. Maqolaning qisqacha mazmuni, shu jumladan dolzarbligi, maqsadi, tadqiqot usuli va olingan natijalar.

Kalit so‘zlar: maqoladagi eng muhim bo‘lgan va tadqiqot mavzusi hamda sohasini aniqroq tavsiflovchi so‘zlar.

Rasmlar va jadvallar raqamlangan bo‘lishi, jadvallarning nomi jadval tepasida o‘rtada rasmlarning nomi rasm pastki qismida o‘rta bo‘lishi kerak.

Adabiyotlar "Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:" nomi ostida GOST R 7.0.5-2008 ga muvofiq rasmiylashtiriladi. Matnda ro‘yxatda keltirilgan adabiyot raqami to‘rtburchak qavs ichida ko‘rsatiladi. Masalan: [2,1,4].

 

Parazitar kasalliklar profilaktikasi, ularni davolashda innovatsion yondashuv mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanining asosiy sho‘balari va ularga biriktirilgan mas’ullar

 

Sho‘ba nomi

Mas’ullar

1-sho‘ba

Hayvonlarning parazitar kasalliklarini davolash va oldini olishning zamonaviy usullari

 

Sho‘ba raisi:

Professor A.Daminov

kotib:

B.Rustamov

2-sho‘ba

Parazitar kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilarining biologiyasi va ekologiyasi

 

Sho‘ba raisi:

Professor R.Davlatov

kotib:

D.Nishanov

3-sho‘ba

Oziq-ovqat xavfsizligini taminlashda veterinariya parazitologiyasini o‘rni

Sho‘ba raisi:

Dotsent T.Tayloqov

kotib:

I.Rayimqulov

4-sho‘ba

Veterinariya va chorvachilik sohalarini innovatsion rivojlanishida biologik fanlarning ahamiyati

Sho‘ba raisi:

Dotsent Sh.Qurbanov

kotiba:

G‘.Jabborov

   

ANJUMAN ISHTIROKCHISI ANKETASI

09.09.2024 yil

 

1-muallif

2-muallif

3-muallif

F.I.Sh.

 

 

 

Ilmiy unvoni va ilmiy darajasi

 

 

 

Ish joyi yoki o‘qish joyi, lavozimi

 

 

 

Telefon va elektron manzili

 

 

 

Ma’ruza turi (sho‘ba yig‘ilishida)

 

 

 

Sho‘ba yo‘nalishi

 

 

 

Ma’ruza mavzusi

 

 

 

Sana:

 

 

 

Imzo:

 

 

 

 

Murojaat uchun telefonlar:

+998 93 728-90-77 Rustamov Baxtiyor Suvonqulovich

+998 90 100-54-45 Nishanov Dilshod Xasanovich