Dastavval, rektor X.Yunusov universitet ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar to’g’risida so‘z yuritdi. Shuningdek, oliygohimizda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida to’xtalib, bu sharoitlardan unumli foydalangan holda yoshlarni ilm olishga chorladi.
Shuningdek, rektor veterinariya yo‘nalishi dunyodagi insoniyat uchun eng kerakli beshta mutaxassis yo‘nalishdan biri ekanligi, oziq-ovqat sifati va xavfsizligiga bevosita veterinar vrachi javobgar ekanligini ta’kidlab, bu mutaxassislikni chuqur o‘rganish lozimligi haqida batafsil so‘z yuritdi.
Uchrashuv davomida talabalar universitet ichki tartib-qoidalari, o‘quv jarayoni va laboratoriyalar haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.