TADBIRLAR

Yangi o‘quv yili: yangicha yondashuvlar va yuksak maqsadlar



Joriy yilning 9-sentyabridan barcha oliy ta’lim muassasalarida, shu jumladan, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida ham yangi 2024 – 2025-o‘quv yili bayramona kayfiyatda boshlandi. Erta tongdan universitet yangi o‘quv binosi oldida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdilar. Tadbirda so‘zga chiqqan universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov barcha talabalarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bayrami va yangi o‘quv yili bilan tabriklab, ularning kelgusi o‘qishlarida omadlar tiladi.



 

- Yangi o‘quv yili boshlanishi bilan oldimizda shaxsiy rivojlanish va taraqqiyot uchun ulkan imkoniyatlar eshigi ochilmoqda. Bu davr har birimizdan yangi maqsadlar qo‘yib, ularga erishishda izchillik va qat'iyat talab qiladi, - dedi rektor Xudaynazar Yunusov.

Shuningdek, veterinariya sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash naqadar dolzarb va muhim ekanligini hamda ularning kelajakda mamlakatimiz taraqqiyotiga katta hissa qo‘shishini, Yangi O‘zbekistonda bugungi yoshlar uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilganini, ana shu imkoniyatlardan o‘z vaqtida va to‘g‘ri foydalanish lozimligini alohida ta’kidladi.




Tadbirda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi Boshqarma boshlig‘i A.Safarov ham ishtirok etib, barcha talabalarni yangi o‘quv yili bilan tabriklab, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilovning yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan yoshlarga yo‘llagan murojaatini o‘qib eshittirdi.




Shuningdek, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Gapparov hamda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Elmurodovlar ham barchani yangi o‘quv yili bilan tabriklab, talabalarni universitet ichki tartib va odob-axloq qoidalariga amal qilish lozimligini ta’kidladi.