TADBIRLAR

Tabarruk olima onaxonlarimizni e'zozlaylik



Yurtimizda keksalarni qadrlash, yoshi ulugʼ nuroniylar hamda tashkilotlarda uzoq yillar davomida mehnat qilgan faxriylar holidan xabar olish azaliy qadriyatlarimizdan biri sanaladi.Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Agrotexnologiya fakulteti bir guruh professor-o‘qituvchilari yoshi ulug‘ olima ayollarni xolidan xabar olish va 11-fevral - "Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni" bayrami bilan tabriklash maqsadida hozirda nafaqada bo‘lgan Sobiq Agrokimyo, tuproqshunoslik va o‘simliklarni himoya qilish kafedrasi dotsenti, q.x.f.n. Sattarova Salomat Sharopovnaning uyiga borib bayram bilan tabrikladilar.

Tabrik davomida Agrotexnologiya fakulteti professor - o‘qituvchilaridan katta o‘qituvchi q.x.f.n. S.Jumaboyev, katta o‘qituvchi q.x.f.f.d. O.Nazarov, Katta o‘qituvchi q.x.f.f.d. N.Boboyeva, q.x.f.n. L.Ostonova, fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi G.Otayarovalar tomonidan uzoq yillar ta'lim sohasiga munosib xissa qo‘shgan ustoz bayram bilan samimiy muborak etildi.

Suhbat fayzli dasturxon atrofida davom ettirildi...

 

Agrotexnologiya fakulteti axborot xizmati