KORRUPSIYA VA MILLIY TARAQQIYOT: MUAMMO VA YECHIM

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH, HAFTALIGI DOIRASIDA UNIVESITETDA FAOLIYAT YURUTIB KELAYOTGAN BIR GURUH XODIMLARGA “ODOB-AXLOQ VA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH” BORASIDA O‘QUV SEMENARI O‘TKAZILDI. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2023-yil 28-noyabrdagi 03/23-3334-sonli xati bilan yuborilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi "O‘zbekiston -2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish to‘g‘risida"gi PQ 300-son qarori talablariga muvofiq, yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan mutlaqo murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyadan xoli jamiyat yo‘lida amalga oshirilayotgan chora tadbirlarni keng ommaga yetkazish borasida samarali targ‘ibot ishlarini tashkil qilish maqsadida, Korrupsiyaga qarshi kurashish haftaligi doirasida, universitetning tarkibiy bo‘linmalarida faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh xodimlarga odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida o‘quv seminar o‘tkazildi.

Haftalik davomida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi, ARM xodimlari hamda universitet psixoligi ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Seminarda Universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshlig‘i F.Turayev hamda universitet profilaktika inspektori kapitan, B.Nayimovlarning universitetning tarkibiy bo‘linmalarida faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarga manfaatlar to'qnashuvi va korrupsiya holatlarining oldini-olish va unga qarshi kurashish mavzusida ma'ruzalar oʻqib eshittirildi mavzuga oid tegishli koʻrsatmalar va tushunchalar berib oʻtildi.   

Shuningdek, korrupsiyaga nisbatan mutlaqo murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyadan xoli jamiyat yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tushuntirish olib borildi. Qabul qilingan qonun va me'yoriy hujjatlarning samarali ijrosini taʼminlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida Prezidentning 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-son Farmoniga 1-ILOVA bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan “DAVLAT DASTURI” to‘g‘risida tushuntirish va targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.  

 

Axborot xizmati

LTR RTL