KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH HAFTALIGI TASHKIL ETILDI. HAFTALIK DOIRASIDA UNIVESITETDA FAOLIYAT YURUTIB KELAYOTGAN BIR GURUH XODIMLARGA OLIY TALIM TIZIMIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH” MAVZUSIDA SEMENAR O'TKAZILDI.
O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2023-yil 28-noyabrdagi 03/23-3334-sonli xati bilan yuborilgan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi O'zbekiston-2030 strategiyasini 2023-yilda sifatli va o'z vaqtida amalga oshirish to'g'risidagi PQ 300-son qarori talablariga muvofiq, yoshlar o'rtasida korrupsiyaga nisbatan mutlaqo murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyadan xoli jamiyat yo'lida amalga oshirilayotgan chora tadbirlarni keng ommaga yetkazish borasida samarali targ'ibot ishlarini tashkil qilish maqsadida, Korrupsiyaga qarshi kurashish haftaligi doirasida, universitetning tarkibiy bo'linmalarida faoliyat yurutib kelayotgan bir guruh xodimlarga Oliy ta'lim tizimida Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida semenar o'tkazildi.Haftalik davomida O'quv uslubiy boshqarma, Ro'yxatga olish xizmati, Magistratura bo'limi hamda Marketing va talabalar amaliyoti bo'limlarining xodimlari, o'rtasida korrupsiyaga nisbatan mutlaqo murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyadan xoli jamiyat yo'lida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tushuntirish olib borildi. Shuningdek qabul qilingan qonun va me'yoriy hujjatlarning samarali ijrosini taʼminlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida Prezidentning 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-son Farmoniga 1-ILOVA bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan “DAVLAT DASTURI” to‘g‘risida tushuntirish va targ‘ibot ishlari amalga oshirildi. Dastur doirasida bir qator qonun loyihalari ishlab chiqildi, mavjudlari inventarizatsiyadan oʻtkazildi. Umuman olganda, soʻnggi yillarda qilingan ishlar tahlili aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar koʻrilganini koʻrsatib turibdi.Islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament nazoratini taʼminlash mexanizmlari takomillashtirildi, shuningdek, huquqni muhofaza qilish va sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilindi.
Universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshlig‘i F.Turayev, Talabalar orasida ijtimoiy-ma'naviy muxit barqarorligini ta’minlashga ma’sul bo‘lgan rektor maslahatchisi Z.Shodmonovlar oʻz fikr-mulohazalarini bayon qilishdi.
Axborot xizmati