Universitetda “Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni” munosib nishonlandi

“Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni” munosabati bilan qishloq xoʻjaligi sohasida sidqidildan mehnat qilib, soha rivojiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan Samarqand qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy tadqiqot instituti, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, Samarqand viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi hamda universitet faxriy xodimlari ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi. Universitet rektori, professor X. Yunusov bayram bilan tabriklab, qishloq xoʻjaligi eng masʼuliyatli hamda mehnati ogʻir boʻlgan kasblardan biri hisoblanishini taʼkidlab, Prezidentimizning qishloq xoʻjaligi va fermerlik harakatini rivojlantirishga doir saʼy-harakatlari, sohaga boʻlgan eʼtibori oʻz samarasini berayotganini aytib oʻtdi. Tadbir davomida soha fidoyilari bilan toʻkin dasturxon atrofida samimiy suhbat qurildi.

 

LTR RTL