Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i F.Turayev, Universitetda talaba yoshlar orasida ma’naviy muhitni barqarorlashtirishga mas’ul rektor maslaxatchisi Z.Shodmonov, Universitet uchastka noziri Kapitan B.Nayimov hamda Sirtqi ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi 418-419-420-421-422-guruh talabalari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i F.Turayev o‘z maruzasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikni asosiy tushunchalari va jamiyatda huquqiy ta’lim va tarbiya masalalari bugunning muhim vazifalaridan biri ekanligi, chunki huquqiy ong va huquqiy madaniyati yuksak bo‘lgan va huquqiy ta’lim va tarbiya jihatdan yetuk bo‘lgan insonlar salbiy illat bo‘lmish korrupsiyaga yo‘l qo‘ymasliklari haqida birqancha faktlar mavjud. Korrupsiya jamiyatni turli yo’llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illat ekanligi, mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazishi haqida fikrlar almashildi Korrupsiya mamlakat taraqqiyotini ortga surib, kelajakni xavf ostida qoldiradigan kuch ekanligini, ayniqsa, ta’lim sohasidagi korrupsion holatlar bugungi kunda yetuk mutaxassislar, jahon andozasi darajasidagi kadrlar tayyorlashni asosiy maqsad qilib olgan mamlakatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri ekanligini takidlab o‘tdi.
Universitetda talaba yoshlar orasida ma’naviy muhitni barqarorlashtirishga mas’ul rektor maslaxatchisi Z.Shodmonov yig‘ilishda o‘z fikrlarini bayon qildi. U uz nutqida, hozirgi vaqtda jamiyatimizning ko‘p sonli ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy muommolar orasida korrupsiyaga qarshi kurash muommosi ayniqsa muhim o‘rin egallashi, aholining turli qatlamlarida amaldorlari tomonidan mansab mavqeni suistemol qilish hollari hokimyat obro‘siga putur yetkazishi, amalga oshirilayotgan jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonlarini obro‘sizlantirayotganligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Shu bilan birga, Korrupsiya- boshqa ko‘pgina salbiy ijtimoiy hodisalar singari jinoyatlar, uzining keng ildiz otishiga zamin yaratadi – u bo‘lg‘usi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tartibga salbiy tas’ir kursatadi.
Yig‘ilish yakunida qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.
Axborot xizmati
2023-11-06
2023-03-01
2023-03-17
2022-05-17