“BITIRUVCHI – 2023” TADBIRI O‘ZIGA XOS TARZDA O‘TKAZILDI

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetini joriy 2022 – 2023-o‘quv yilida 135 nafar talaba magistr, 706 talaba bakalavr bosqichini bitirdi. 

Bugun universitet “Faollar zali”da bitiruvchi talabalarining «BITIRUVCHI – 2023» tadbiri hamda “Veterinar qasamyodi”  o‘tkazilib, bitiruvchi yoshlar, ularning ota-onalari, professor-o‘qituvchilar hamda mehmonlar ishtirokida tantanali nishonlandi. 

Davlatimiz madhiyasi ijrosida boshlangan tadbirni ochib bergan universitet rektori, professor X.Yunusov hamda tadbirda ishtirok etgan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi Fan va ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Sobirjon Mavlonovlar oliygohni tamomlab, katta hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan bitiruvchilarni tabriklab, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida olib borilgan ishlar, amalga oshirilgan islohotlar, yoshlarga qaratilayotgan e’tibor to‘g‘risida to‘xtalib, bitiruvchi yoshlarning kelajakda yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘sha oladigan, o‘z sohasining bilimli, yetuk kadrlari bo‘lib yetishishlarida omad tiladi. 

Shundan so‘ng, bitiruvchilar tomonidan Veterinar qasamodi qabul qilinib, 4 yil davomidagi bilimlari mevasi o‘laroq bitiruvchilarga diplomlar topshirildi. 

Tadbir so‘ngida universitet ijodkor talaba-yoshlari ishtirokida diltortar kuy-qo‘shiqlar yangrab, raqslar ijro etildi.

Ma'naviyat Info

LTR RTL