Ichki ishlar organlari veterinar mutaxassislari ishtirokida oʻquv amaliy-seminar oʻtkazildi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari veterinar mutaxassislari ishtirokida “Itlarda uchraydigan yuqumli va yuqumsiz kasalliklarga tashxis qoʻyish va zamonaviy usullar asosida davolash, shuningdek veterinariya sohasida olib borilayotgan ilmiy-innovatsion yangiliklar” mavzusida oʻquv amaliy-seminar boʻlib oʻtdi. 

Dastlab oʻquv amaliy-seminarni kirish soʻzi bilan ochib bergan universitet rektori, professor X. Yunusov hamda Oʻzbekiston Respublikasi IIV JHD JTSX boshligʻi, podpolkovnik Sh.Ibragimovlar oʻquv amaliy – seminarning mazmun-mohiyati, yuqumli kasalliklarning tarqalish omillari va mamlakatimizda yuqumli kasalliklarga qarshi kurash va ularning oldini olish masalalari, bu borada olib borilayotgan keng qamrovli ishlar xususida soʻz yuritishdi.

Shundan soʻng seminar ishtirokchilari tomonidan “Respublika ichki ishlar organlaridagi Kinologiya xizmatlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va kelgusidagi vazifalar”, “Respublika ichki ishlar idoralari Kinologiya xizmatida veterinariyaning oʻrni”, “Itlarning yuqumli kasalliklari diagnostikasi, profilaktikasi va davolash”, “Ichki ishlar organlarida xizmat itlarning naslchilik ishlarini tashkil etish”, “Itlarda uchraydigan teri kasalliklari va ularning turlarini davolash profilaktikasi”, “Itlarni urchitish va sunʼiy yoʻl bilan urugʻlantirishning kinologiyadagi ahamiyati”, “Itlarda xirurgik operatsiyalarni amalga oshirish” kabi mavzularda maʼruzalar qilindi. 

Oʻquv amaliy-seminar qizgʻin bahs-munozara va savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi.

Axborot xizmati.

LTR RTL