Universitet rektori biriktirilgan yoshlar muammolarini o‘rgandi!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta‘minlash maqsadida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori, professor X.B.Yunusov, Ozbekiston Respublikasi "Bolalar mahallalari uyushmasining Samarqand filiali"dan biriktirilgan yoshlari bilan uchrashdi.  Universitet rektori endigina hayotga qiziqishi ortib, maqsad va orzulari sari dadil qadam tashlayotgan, qalbida gʻayrat-shijoati joʻsh urgan yoshlarga eʼtibor qaratish, ularning tashabbuslariga amaliy yordam berish qollab-quvvatlash bizning maqsadimiz deb ta'kidlab o‘tdi.

Uchrashuvda "Bolalar mahallalari uyushmasining Samarqand filiali" direktori D.Sh.Davronova bilan biriktirilgan yoshlarni muammolarini, qiziqishlarini o'rganish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, qobiliyatini yuzaga chiqarishi uchun zarur sharoitlar yaratish masalalarini ham muhokama qildi.

 

    Uchrashuv davomida universitet rektori yoshlarga hozirda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar hamda yoshlarga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlardan misollar keltirib, yoshlarni yaxshi o‘qishga intilish kerakligi, vatan oldidagi burchini his qilgan holda, oldiga qo‘ygan ezgu maqsadlariga har bir daqiqamizning qadri bebaho ekanligini ta'kidlab o‘tdi. 

    Uchrashuv so‘ngida universitet rektori "Bolalar mahallasi uyushmasi" dagi yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, yoshlarni muammo va takliflarini tinglab amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

 

Axborot xizmati

LTR RTL