"REFERENDUM -2023: Kelajaging uchun ovoz ber!"

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida Samarqand shahar hokimligi bilan hamkorlikda "Referendum - 2023: Kelajaging uchun ovoz ber! targ‘ibot tadbirining yakuniy bosqichi, ya’ni "O‘zbekiston yoshlar mamlakati" shiori ostida Yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi.

Festival doirasida o‘nlab tanlovlar, jumladan "Insholar tanlovi", shahmat o‘yinlari, bahs - munozara musobaqalari, "Zakovat" intellektual o‘yinlari tashkil etildi.

Tanlov va musobaqalarda universitet talabalari, hududda joylashgan umumta’lim maktablari o‘quvchilari va mahallalar faol yetakchi yoshlari ishtirok etishdi.

Shuningdek, universitetda tashkil etilgan "Tashabbus markazi" qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan ijodiy to‘garaklar o‘z na’munaviy ko‘rgazmalari bilan festivalga yanada fayz kiritdi. Festivalda universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov, yoshlar masalalari bo‘yicha birinchi prorektor Alibek Gapparovlarga Samarqand shahar hokimi o‘rinbosari Orif Hayitov hamrohlik qildi.

Axborot xizmati

LTR RTL