BILIMDONLAR “ZAKOVAT”DA BELLASHISHDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 yanvardagi “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-96-son qarori qabul qilingan edi.

Mazkur qaror mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, shuningdek talaba-yoshlarning ushbu o‘yinlar orqali mantiqiy bilimlarini oshirish, intellektual salohiyatini yanada yuksaltirish, shuningdek, ularda ilmni qadrlash, bilim olishga intilish kabi tushunchalarni mustahkamlash maqsadida universitet fakultetlari talabalari o‘rtasida muntazam ravish “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazilib kelinmoqda. 

Bugun ham ana shunday qiziqarli “Zakovat” intellektual o‘yinining so‘nggi – final bosqichi universitetda tashkil etilib, uch avlod vakillaridan iborak bo‘lgan “Faxriylar”, “Ustozlar” hamda “Bilimdon talabalar” jamoalari ishtirok etishdi.

Yakunda universitet faxriy-ustozlar jamoasi birinchi o‘rinni egallab, diplom va qimmatbaho sovg‘alar taqdirlandi.

 

Axborot xizmati

LTR RTL