Tarix, bugun va kelajakni o‘zida mujassam etgan “Uch avlod uchrashuvi” kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar universitet hayotida go‘zal an’anaga aylangan. Binobarin, mazkur tadbirlarda buyuk ajdodlarga avlod bo‘lish, yurtimiz taraqqiyotiga daxldorlik hissi bilan yashash yoshlarning muqaddas burchi ekanligi bot-bot ta’kidlanadi.
Bugun universitet faollar zalida professor-o‘qituvchilar, tyutor va talaba-yoshlar hamda tadbirga mehmon sifatida taklif etilgan O‘zbekiston Ekalogik partiyasi Markaziy Kyengash Ijroiya qo‘mitasi raisi Abdushukur Hamzayev, mehnat faxriylari Diamat Abdukuarimov, Rozzoq Oripov, Nasriddin Xalilov va Ibroxim Salomov ishtirokida tashkil etilgan “Uch avlod uchrashuvi”da ezgu islohotlar yo‘lida davlatimiz rahbariga yaqin ko‘makchi, kamarbasta bo‘lish lozimligi samimiy suhbatning bosh mavzusiga aylandi.
Tadbirni kirish so‘zi so‘zi bilan ochib bergan universitet rektori, professor X.Yunusov hamda faxriy mehmonlar keksalarning tajribasi yoshlar uchun hayot maktabi bo‘lishligi, ularning qimmatli pandu-nasihatlari, hayot saboqlari yoshlarning shijoati bilan birlashsa, jamiyatni rivojlantiruvchi kuchga aylanishi, qolaversa, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini yosh avlodga yetkazishda keksa avlod vakillarining alohida o‘rni borligini ta’kidlashdi...
Shuningdek, “Uch avlod uchrashuvi” mehmonlari hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat, faxriylik paytida ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida o‘z dil so‘zlarini, samimiy fikrlarini bildirishdi.
Axborot xizmati
2023-11-06
2023-03-01
2023-03-17
2022-05-17