Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
Yangilik

"Korrupsiya va milliy taraqqiyot. Muammo va yechim” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

  • Asosiy
  • "Korrupsiya va milliy taraqqiyot. Muammo va yechim” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Maqola

"Korrupsiya va milliy taraqqiyot. Muammo va yechim” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

   13.04.2023 yil SamDVMCHBU Veterinariya profilaktikasi va davolash fakultetida "Korrupsiya va milliy taraqqiyot. Muammo va yechim” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘lim boshlig‘i F.Turayev, rektor maslahatchisi Z.Shadmanov, universitet profilaktika inspektori kapitan B.Nayimov hamda fakultet dekan o‘rinbosari M.Tovosharov, fakultet tyutorlari hamkorligida Korrupsiya bir necha ming yillik tarixga ega ekanligi, yozma manbalarda korrupsiya haqida eramizdan avvalgi Shumer podsholigi davrida eslatib o‘tilganligi, korrupsiya bizning kunlargacha yetib kelganligi shundan dalolat beradiki, boshqa illatlar kabi, uni ham tag-tugi bilan yo‘qotib bo‘lmasligi, hatto rivojlangan g‘arb davlatlari ham korrupsiyadan butkul xalos bo‘lolmaganligi, biroq jamiyat rivojiga xavf soluvchi korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish Yer yuzidagi barcha davlatlarda hamisha va hamma zamonda davom etganligini, shuningdek, universitet talaba-yoshlari tomonidan qonunga xilof ravishda hatti-harakatlar, ayniqsa korrupsiya yo‘nalishida holatlar sodir bo‘lishining oldini olishga qaratilgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar o‘tkazilib kelinayotganligi, bu kabi holatlar yuzaga kelmasligi uchun talaba-yoshlar o‘z vazifa va burchlarini to‘g‘ri tashkillashtirishlari, darslarni o‘z vaqtida o‘zlashtirib borishlari, korrupsion holatlarga sharoit yaratib bermasliklari lozimligi, korrupsion holatlarda jinoyat kodeksining 210,211 va 212 moddalarida ko‘rsatilgan holatlar qayd etilgan taqdirda jinoiy javobgarlik masalalari ko‘rib chiqilishiga asos bo‘lishi haqida aytib tushunchalar berib o‘tishdi.

   Ushbu tadbirda fakultetning 135 nafar talabalari va 4 nafar tyutorlari ishtirok etishib, o‘zlariga kerakli tushunchalarga ega bo‘lishdi, tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga qoniqarli javoblar olishdi. Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita